So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sho‘rxok” filmi AQSHdagi festivalda g‘olib bo‘ldi
"Sho‘rxok" 4-noyabr kuni AQSHda «Florida Environmental Film Festival» ekologik filmlar festivalida ham ishtirok etdi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni Los-Anjelesda (AQSh) «Environmental Film & Screenplay Festival» ekologik filmlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan rejissyor Umid Hamdamov tomonidan suratga olingan “Sho‘rxok” qisqa metrajli filmi "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Ta'kidlash kerakki, filmga “O‘zbekistonlik” kartinasidagi faoliyati bilan ham tanilgan Jahongir Ibrohimov operatorlik qilgan.
Ma'lumot uchun, "Aral Dream" loyihasi doirasida suratga olingan “Sho‘rxok” Orol dengizi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan xalqlar tarixi haqida hikoya qiladi. Filmdan maqsad Orolbo‘yi muammolarini jahon sahnasiga olib chiqishdir.
Qayd etish joizki, AQSHdagi festivalda tomoshabinlar filmni ko‘rishdan oldin Orol dengizi va uning muammolari haqida hech qachon eshitmaganliklarini taʼkidladilar. Filmdan so‘ng esa ularda mintaqaga tashrif buyurish yoki u haqida ko'proq bilishga qiziqish uyg‘onmoqda. Vaholanki, kino ijodkorlarining maqsadi ham aynan shu – keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish edi.
Yana bir ma'lumot, "Sho‘rxok" 4-noyabr kuni AQSHda «Florida Environmental Film Festival» ekologik filmlar festivalida ham ishtirok etdi.