So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxda 3 ta yangi mehmonxona ish boshladi
Jizzax oʻz iqlimi, geografiyasi, landshaftiga, yilning toʻrt faslida ham ajoyib manzara kasb etadigan betakror hududlariga ega.
Jizzax viloyati Zomin tumanining “Suffa” platosida 720 o‘rinli 3 ta zamonaviy mehmonxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev Prezidentimizning 2021-yil 6-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra 2 000 gektardan ortiq hududda “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi barpo etilishi belgilangani, mazkur farmonga asosan turistik zonada infratuzilma obyektlarini qurish uchun 700 gektar yer maydonlari ajratib berilganligini ta’kidladi.
Hokim o‘z o‘rnida turizm sohasiga Davlatimiz rahbari tomonidan katta e'tibor qaratilayotgani va bu o‘z samarasini berayotganini alohida e'tirof etdi.
Ma'lumot uchun, yangi mehmonxonalar – "Wyndham Garden", "TRYP by Wyndham" va "Ramada Encore by Wyndham" jami 670 o‘ringa mo‘ljallangan. Qolaversa, ularda 300 ga yaqin ish o‘rni mavjud bo‘lib, ayni damda 120 nafar ishchi qabul qilingan.




Ta'kidlash joizki, Jizzax o‘z iqlimi, geografiyasi, landshaftiga, yilning to‘rt faslida ham ajoyib manzara kasb etadigan betakror hududlariga ega.

Hozirda viloyatda mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish, turizm obyektlari bunyod etish va sifatli servisni tashkil qilish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish kabi muhim vazifalar maqsad qilib olingan.
Ma'lumot uchun, viloyatga joriy yilda 1 million 500 ming nafar mahalliy va 12 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.
Umuman, Jizzaxda 2026-yilgacha hammasi bo‘lib 40 ta, jami 11 544 o‘rinli 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxona, 2 000 o‘rinli 201 ta shale (qishloqda yoki tog‘li hududlarda yog‘och quriladigan uy), 2,5 km osma dor yo‘li, 2 700 o‘rinli 19 ta apartament, 19 ta kafe - restoran hamda ko‘ngilochar markazlar va saylgohlar tashkil etish rejalashtirilgan.