So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Qatardagi jahon chempionatida O‘zbekistonning turizm salohiyati targ'ib qilinmoqda
Delegatsiya a'zolari butun dunyodan jahon chempionatiga tashrif buyurgan millionlab muxlislar orasida O‘zbekistonning turizm borasidagi imkoniyatlari, salohiyatini targ‘ib qilishmoqda.

Ayni damda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Abdurahmon Fozilov, ijtimoiy tarmoqlarda keng auditoriyaga ega bo‘lgan blogerlar – Asal Saparbayeva (littos — 1,6 million kuzatuvchi), Ibrohim Ikromov (autotuning_uz 1,3 million kuzatuvchi), Otabek Jo‘rayev (iwash_tashkent 307 ming kuzatuvchi) va O‘zbekiston fan-klubi a’zolaridan iborat delegatsiya Qatarda bo‘lib turibdi.
Ta'kidlash kerakki, delegatsiya a'zolari butun dunyodan jahon chempionatiga tashrif buyurgan millionlab muxlislar orasida O‘zbekistonning turizm borasidagi imkoniyatlari, salohiyatini targ‘ib qilishmoqda.
Shu bilan birga, milliyligimiz, o‘ziga xos qadriyatlarimiz aks etgan sovg‘alar, xususan, vazirlik tomonidan taqdim etilgan jurnallar va tarqatma materiallarni ulashishmoqda.
Ma'lumot uchun, delegatsiya a'zolaridan iborat avtokarvon 5-noyabr kuni Samarqanddan yo‘lga chiqqandi. Ular mamlakatimiz turizm brendini aks ettiruvchi maxsus logotiplar bilan qoplangan avtomobillarda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni kabi davlatlaridan o'tishdi.
O‘z navbatida bu davlatlarda O‘zbekistonning turizmini yanada tanitishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Har bir davlatning mahalliy aholisi va xorijiy turistlarga O‘zbekistonning turizm salohiyati, mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan turistik obyektlar, O‘zbekistonga sayohat qilishning afzalliklari, xalqimizning mehmondo‘stligi va boshqa jihatlar haqida ma'lumotlar berildi.
Xususan, Samarqandning 2023-yilda "Yangi O‘zbekiston darvozasi" deb e'tirof etilgani har bir mamlakatdagi sayohat davomida alohida ta'kidlandi va BAAda ham bu borada keng miqyosda targ‘ibot aksiyalari olib borilmoqda. Qolaversa, O‘zbekiston turizm brendi aks etgan kiyimlar va boshqa sovg‘alar berilmoqda.
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati — millionlar o‘yini hisoblangan futbol olamining eng katta musobaqasi hisoblanadi. Tabiiyki, har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur turnirni tomosha qilish uchun dunyoning barcha burchaklaridan muxlislar tashrif buyurishadi.
Shu jihatdan Qatardagi jahon chempionatida O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish yurtimizda tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.



