So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Germaniyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
DRV– Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi tashkiloti boʻlib, turizm sohasida mamlakatning 90 foizini qamrab oluvchi 10 mingdan ziyod aʼzolarni oʻz ichiga oladi.

Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Germaniya turistik assotsiyasiyasi (DRV – Deutscher Reiseverbandes) prezidenti Norbert Fiebig boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Delegatsiya tashrifi Turizm va madaniy meros vazirligi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazi hamkorligida tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Germaniya turistik assotsiatsiyasi (DRV) 1950-yil 10-avgustda Frankfurt-na-Maynda Germaniya sayyohlik agentliklari uyushmasi sifatida tashkil etilgan. DRV – Germaniyaning turizm sohasidagi yetakchi tashkiloti bo‘lib, turizm sohasida mamlakatning 90 foizini qamrab oluvchi 10 mingdan ziyod a’zolarni o‘z ichiga oladi, jumladan, turistik kompaniyalar, mehmonxonalar, aviakompaniya va transport kompaniyalari uning aʼzosi yoki hamkori hisoblanadi.
Vazirlikdagi uchrashuvda O‘zbekistonning turistik salohiyatini Yevropada keng targ‘ib qilish va yevropalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida “Destination Forum” (“DRV”ga a’zo eng yirik va salohiyatli turistik tashkilotlarning turistik forumi) loyihasini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonning turizm salohiyatini katta tajribaga ega bo‘lgan “DRV” assotsiatsiyasining marketing resurslaridan foydalangan holda keng targ‘ib qilish, O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligini dunyoga ko‘rsatish, Germaniyadan Samarqand shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarni yo‘lga qo‘yish, birgalikda “Uzbekistan” turistik brendini Yevropaga olib chiqish, yurtimizga DRV tarkibiga kiruvchi eng yirik va eng salohiyatli turistik tashkilotlar hamda turistik operatorlar tashrifini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda DRV o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan barcha masalalarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro media reja loyihasi ishlab chiqish, shuningdek, 2023-yilning aprel oyida “Destination Forum” loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.
Muzokaralardan so‘ng xorijiy delegatsiya a’zolari yurtimizning Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrining tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, yangi barpo etilgan turistik obyektlar va turistik infrastruktura bilan yaqindan tanishishdi.



