So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi “Gastro Antaliya 2022” xalqaro pazandalik chempionatida sovrindor bo‘ldi
“Gastro Antaliya 2022” chempionati 32 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.
O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi joriy yilning 17–20-noyabr kunlari Turkiyada (Antaliya) oʻtkazilgan “Gastro Antaliya 2022” xalqaro pazandalik chempionatida ishtirok etdi.

"Gastro Antaliya 2022" oshpazlik chempionatida dunyoning turli burchaklaridan, xususan, Isroil, Italiya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Dogʻiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Ispaniya, Turkiya va boshqa koʻplab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ham ishtirok etishdi.
Ma’lumot oʻrnida qayd etish joizki, ushbu chempionat 2021-yilda pandemiya sababli cheklangan ishtirokchilar bilan oʻtkazilgan. “Gastro Antaliya 2022” chempionati 32 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi chempionat yakuniga koʻra 4 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jumladan, Shoxruzxon Ibragimov “Baliqli taom” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” nominatsiyasi boʻyicha 2-oʻrin (kumush medal), Elerbek Mirboboyev esa “Yilning oltin oshpazi” nominatsiyasi boʻyicha 1-oʻrin (oltin medal) va “Pasta” nominatsiyasida 2-oʻrin (kumush medal) sohibi boʻlishdi.



Ma'lumot uchun, yurtimizda gastroturizmni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda Mo‘ynoq va Samarqand shaharlarida Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan gastrofestivallar o‘tkazildi.