So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Sayohat odobi“ tavsiyaviy qo‘llanmasi ishlab chiqildi
Ushbu nashr turizm sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan “Sayohat odobi” tavsiyaviy qo‘llanmasi ishlab chiqildi.

Mazkur tavsiyaviy qo‘llanma sayohat odobining mazmun-mohiyati, madaniy-marifiy obyektlarga tashrif buyuruvchilar uchun odob-axloq qoidalari, ekskursiya mobaynida sayyohlar uchun odob-axloq bo‘yicha yo‘riqnoma, tabiiy hududlarga tashrif buyuruvchilarning odob-axloq qoidalari, mehmonxona va muzeyda etiket qoidalari, sayohatchilar uchun tavsiyalar va maslahatlar kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu qo‘llanma barcha oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlari hamda texnikumlarda ta’lim olayotgan talabalar va soha mutaxassislari, sayyohlar, ziyoratchilar uchun qo‘shimcha zaruriy va foydali axborot manbai sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, ushbu nashr turizm sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlash sifatini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.