So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Xitoyning “North-West” universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
Mazkur hujjat “Xitoy – O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etishga yo’naltirilgan
Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Xitoyning North-West universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda o’zaro hamkorlikni rivojlantirish, Xitoy va Oʻzbekiston universitetlari talabalari va oʻqituvchilarining toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprik oʻrnatish maqsad qilingan.
O‘zbekiston tomondan memorandumni imzolagan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov “North-West” universiteti prezidenti janob Guo Lixonga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

.jpg)
“North-West” universitetining 120 yillik yubileyi doirasida imzolangan mazkur hujjat “Xitoy – O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etishga yo’naltirilgan.
Ta’kidlash lozimki, Xitoy – O‘zbekiston arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish ilmiy-texnikaviy xalqaro qo‘shma laboratoriyasi “Xitoy va Markaziy Osiyoning inson resurslari va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyasi”ning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xitoy ilmiy-texnologiya vazirligi bu ilmiy tadqiqotlar, iqtidorli talabalarni tayyorlash va madaniy almashinuv bo'yicha yetakchi xalqaro markazdir.