So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
Craft Fair Uzbekistan: Toshkentda xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi o‘tkaziladi
Yarmarkada xorijiy davlatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Pokistondan hunarmandlar qatnashishi kutilmoqda.

30-noyabrdan 2-dekabriga qadar Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da Craft Fair Uzbekistan — xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Yarmarka Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi "Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 77-sonli Qaroriga muvofiq Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Respublika Hunarmand uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi va Xalq banki hamkorligida tashkillashtirilmoqda.
Yarmarkada xorijiy davlatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Pokistondan hunarmandlar qatnashishi kutilmoqda.
ningdek, “Novica”, “Wildberries” va “Alibaba” kabi xalqaro hamda “Joyda”, “CraftmeetsDesign”, “iHunar” kabi mahalliy onlayn marketpleys va platformalar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar tomonidan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yogʻoch oʻymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari tashkil etiladi.
Ta’kidlash lozimki, yarmarka ishtirokchilari loydan koʻza yasash, ipakdan mato toʻqish, doʻppiga naqsh berish hamda beshik yasash jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, Oʻzbekistonning turli hududlariga xos boʻlgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yogʻoch oʻymakorligi maktablariga xos betakror mahsulotlar hamda hunarmandlarimiz tomonidan yasalgan, yurtimiz goʻzalligini, betakrorligini aks ettirgan suvenirlarni xarid qilish imkoni ham bor.
Bundan tashqari, yarmarkaga tashrif buyurganlar zargar Tohir Muhammedov, kulol Alisher Narzullayev, kashtachi Ahmad Arabov, kulol Shokir Ahmadjonov, adras, atlas toʻquvchi, gilamdoʻz Ibrohim Sultonov kabi mashhur hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va bevosita ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Yarmarkadan ko‘zlangan maqsad Oʻzbekistonning hunarmandchilik salohiyatini targʻib qilish va mahalliy hunarmandlarimizning mahsulotlarini eksport qilishda koʻmaklashishdir.



