So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylardan foydalaniladi
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.
Bunda ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:
—xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;
—oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;
—piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;
—keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.
Bu uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag‘batlantirib boriladi.