So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Bir guruh O‘zbekiston fuqarolari xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan – IIV
O‘zbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda 17 kishi xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston IIV-DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2007 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan K.I. internet tarmog‘ida ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushishi natijasida 16 nafar yaqin tanishlari bilan noqonuniy “jamoat” bo‘lib yig‘ilib, kelgusida xorijda faoliyat olib borayotgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu moddaga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga omma oldida da’vat qilish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
“Loqaydlik va ishonuvchanlik oqibatida internet tarmog‘i orqali yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik uchun fuqarolarimizni doimo ogoh bo‘lishiga chaqiramiz. O‘zingizning taqdiringizga befarq bo‘lmang”, deyiladi IIV xabarida.



