Qidirish

09:20 / 2024-11-27 196 0 Jamiyat

To‘qqiz oyda davlat budjeti eng ko‘p nimalarga sarflandi?

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9 oylik budjet ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi. Hisobot davrida konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 272,1 trln so‘mni, xarajatlari esa 307,9 trln so‘mni tashkil etgan. Taqchillik – 35,8 trln so‘m.

world-news

Yanvar–sentyabr oylarida konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 36 trln so‘m, mahalliy bIqtisodiyot va moliya vazirligi 9 oylik budjet ijrosi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Hisobot davrida konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 272,1 trln so‘mni, xarajatlari esa 307,9 trln so‘mni tashkil etgan. Taqchillik – 35,8 trln so‘m.

Daromadlar qaysi manbalardan shakllanmoqda?

Yanvar—sentyabr oylarida davlat budjeti daromadlari 193,6 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,1 foizga o‘sgan. Daromadlar quyidagi manbalar hisobidan shakllangan:

bevosita soliqlar – 64,1 trln so‘m;
bilvosita soliqlar – 62,3 trln so‘m;
resurs to‘lovlari va mulk solig‘i – 26,5 trln so‘m;
boshqa daromadlar – 40,7 trln so‘m.

Davlat budjeti nimalarga sarflanmoqda?

Hisobot davrida davlat budjeti xarajatlari 219,3 trln so‘m bo‘lgan va o‘tgan yilning 9 oyiga nisbatan xarajatlar 8,9 foizga oshgan. Budjet xarajatlarining iqtisodiy tasnif bo‘yicha ijrosi quyidagicha bo‘lgan:

ish haqi – 71 trln so‘m;
kapital qo‘yilmalar – 9,4 trln so‘m;
asosiy vositalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlar – 3,3 trln so‘m;
subsidiyalar – 19,8 trln so‘m;
ijtimoiy nafaqalar – 13,6 trln so‘m;
transfertlar – 23,4 trln so‘m;
ijtimoiy ajratmalar – 17,7 trln so‘m;
tovar va xizmatlar xarid qilish – 18 trln so‘m;
foiz to‘lovlari – 9,6 trln so‘m.

Mahalliy budjetlarning moliyaviy holati

2024 yilning 9 oyida mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy farq 19,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar kesimida eng katta defitsit Andijon viloyatida qayd etilgan. Viloyatda mahalliy budjet daromadlari 2,72 trln so‘m, xarajatlari esa 4,84 trn so‘m, defitsit 2,12 trln so‘m bo‘lgan. Keyingi eng yomon ko‘rsatkichlar Farg‘ona (taqchillik – 1,96 trln so‘m) va Namangan (taqchillik – 1,83 trln so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.

Eng kam taqchillik Navoiy viloyatida shakllangan – 581 mlrd so‘m.

Defitsitni qoplash uchun ajratilgan budjetlararo tartibga soluvchi transfertlarning eng katta qismi quyidagi hududlarga berilgan – Andijon viloyati (1,68 trn so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,66 trln so‘m) va Namangan viloyati (1,62 trln so‘m).

Izohlar 0

Fikr bildirish