So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O‘zbekistondagi 4 ta aeroport xususiylashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni temir yo‘l va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalarida transformatsiya jarayonlarining borishiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Ham iqtisodiy samaradorlik, ham odamlarga qulaylik nuqtayi nazaridan bu sohada katta o‘zgarishlar qilinmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 6 ta mustaqil korxona tashkil etildi. 1 ming 200 ta yangi yuk vagoni olindi, ichki yo‘nalishda yuk tashish vaqti 2 karra kamaydi.
Raqamlashtirish natijasida vagonga buyurtma berish 7 bosqichdan 3 bosqichga, bunga ketadigan vaqt 72 soatdan 12 soatga qisqardi. Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi. Ilgari zarar bilan ishlagan aksiyadorlik jamiyati bu yil 30 milliard so‘m foydaga chiqayapti.
Aviatsiya sohasidagi kompaniyalarda ham o‘sish bor. “Uzbekistan Airways” tizimida aviaqatnovlar 25 foiz ko‘paydi. Mahalliy yo‘nalishlarda samolyotlar soni 8 taga yetib, ichki qatnovlar 2,5 barobarga oshdi. Markaziy Osiyodagi xalqaro tashuvlarda milliy aviakompaniyamiz ulushi 20 foizga yetdi. Yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 6 million nafardan oshishi kutilmoqda.
“Uzbekistan Airports” samolyotlar, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilingani samara berayapti. Dunyodagi 44 ta aviakompaniya yurtimizga parvozni amalga oshirayapti. Aeroportlar orqali yuk tashish hajmi ham bu yil 22 foizga oshishi ko‘zda tutilgan.
Lekin hali vazifalar ko‘p. Transport yo‘llari qanchalik muhimligini dunyodagi murakkab vaziyat ham ko‘rsatayapti.
Shu bois yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, transport xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim.
Yig‘ilishda shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
– Mamlakatimizda iqtisodiyot, savdo aloqalari yildan yilga rivojlanayapti. Aholi daromadi, hududlarning turizm salohiyati ham oshayapti. 2030 yilga borib, yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish maqsadini qo‘ydik. Shuning uchun transport “arteriya”lariga alohida ahamiyat berishimiz kerak, – dedi Prezident.
Buning uchun barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratib berilmoqda. Hozirgacha sohada 25 yil oldin qabul qilingan qonun bo‘yicha ish yuritib kelinar edi. Shu jihatdan, bugun yangi tahrirda imzolangan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu sohaga xususiy kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirishga keng yo‘l ochadi.
Endi soha rahbarlari ish uslubi va yondashuvlarini keskin o‘zgartirib, natijani ta’minlashi zarur. Buning uchun, avvalo, sohada transformatsiyani jadallashtirish, qurilish va modernizatsiya loyihalarini sifatli bajarish lozim. Xalqaro kredit reytingi olish, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish, investitsiyalarni samarali ishlatish ham muhim vazifalar qatorida.
O‘zbekiston havo yo‘llari hali aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yo‘q. Xalqaro reyting olib, tashqi bozorga chiqish kechikayapti. Oqibatda tannarx yuqoriligi uchun chipta narxida sezilarli o‘zgarish yo‘q. Xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi sust.
Shu bois konsalting kompaniyasi jalb qilib, transformatsiya bo‘yicha aniq dastur va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
“Uzbekistan Airports” tizimida asosiysi – xizmatlarni ko‘paytirish va xususiy sheriklikni kengaytirish. Samarqand aeroporti xususiy boshqaruvga berilgach, parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobar oshgan. Endi Namangan, Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlarida ham shunday maqsad ko‘zlangan. Yil yakunigacha aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni 2 karra ko‘paytirish, daromadni 25 foiz oshirish mo‘ljallangan.
Xalqaro bozordan mustaqil resurs jalb qilish, Navoiy aeroporti terminalidan to‘liq foydalanish choralari belgilandi.
Davlatimiz rahbari mazkur uchta kompaniyada raqamlashtirishni jadallashtirish, rejalarni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy natijadorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.