So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
SSV: Yurtimizda nomaʼlum xavfli virus qayd etilgani yoʻq
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda xavfli virus tarqalayotgani va kasallik koʻproq bolalarga taʼsir qilib, ularda pnevmoniyani keltirib chiqarayotganiga doir xabarlar tarqalmoqda.
SSV Matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Atabekovdan ushbu savolga javob oldi.
Havo-tomchi yoʻli orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy xarakterga ega, — deydi mutaxassis. — Kuz-qish davrida ularning koʻtarilishi kuzatiladi va bundan zinhor xavotirga tushish kerak emas.
Masalan, bir necha hafta oldin yurtimizda havo harorati keskin pasayishi qayd etildi. Bunday sharoitda koʻpchilik xonalardagi issiqlikni moʻtadil saqlab turish uchun eshik-derazalar, tirqishlarni zichlab yopgani tabiiy hol. Oqibatda xonadonlar va yopiq bino-inshootlarda havo almashinuvi kamayishi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oshishi kuzatildi.
Odatda oʻtkir respirator kasalliklar bir necha klinik belgilar bilan namoyon boʻladi. Dastlab burun shilliq qavatida qichishish, keyinchalik hid bilish qobiliyati qisman pasayishi, aksirish, burun oqishi kuzatiladi.
Navbatdagi bosqichda tomoqda achishish, qurish, ogʻriq, ovoz boʻgʻilishi va quruq yoʻtal paydo boʻlishi mumkin. Kasallikdan tuzalish bosqichida esa balgʻam koʻchishi, xastalikning yumshashi, yoʻtal chogʻida ogʻriqlar pasayishi singari holatlar qayd etiladi.
Bu kabi patologiyalarni keltirib chiqaradigan omillar koʻp. Gripp virusi, paragripp, rinovirus, adenovirus, koronavirus shular jumlasidandir.
“Yangi viruslar paydo boʻldi” degan xabarlarga kelsak, mana, hozirgacha dunyoda koronavirusning 45 mingga yaqin mutatsiyalari yuzaga keldi va hamon bu jarayon toʻxtagani yoʻq. Biroq oʻtgan davrda ulardan faqat 10-15 tasi kasallik chaqirdi, xolos. Shu maʼnoda, mutatsiyalardan vahima yasash kerak emas.
Hozir kuzatilayotgan oʻtkir respirator virusli infeksiyalar avj olish jarayonini esa tabiiy holat, deb qabul qilish zarur.
Shu oʻrinda yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston hududida qaysi viruslar aylanib yurganini kuzatib boruvchi monitoring tizimi yoʻlga qoʻyilgani, tegishli laboratoriyalarda bemorlardan olingan virus namunalari doimiy ravishda tekshirilib, tahlil qilib borilishini eslatib oʻtmoqchiman.
Shunga asoslanib aytishim mumkinki, bugungi kunda mamlakatimiz hududida tibbiyot uchun notanish va nomaʼlum boʻlgan viruslar aylanib yurishi qayd etilgani yoʻq. Balki aniqlanayotgan kasalliklarning aksariyati mavsumiy respirator xastaliklardir.
Buning oldini olish va epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash uchun bemorlar jamoat joylariga chiqishdan, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar oʻzlarini cheklashlari, ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa bemorlar va ularning parvarishi bilan shugʻullanayotgan shaxslar tibbiy niqobda boʻlishlari tavsiya etiladi. Xastalik belgilari kuzatilgan yurtdoshlarimiz esa shifokorga murojaat qilib, davo muolajalarini boshlashlari maqsadga muvofiqdir.