So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida zamonaviy turizm va logistika loyihasi ishga tushirildi
Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori asosida yangi gastronomik, turistik va logistik majmua ishga tushirildi. Mazkur loyiha xalqaro yuk va yo‘lovchi transportlari uchun qulay shart-sharoit yaratib, hududning turizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda turizmni rivojlantirishda O‘zbekistonda ko‘plab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Toshkent viloyati yetakchi hududlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Aynan shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori asosida yangi gastronomik, turistik va logistik majmua ishga tushirildi.
BMB Village deb nomlangan majmua transport va turizm infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Loyihaning birinchi bosqichida sharqona va zamonaviy uslubda barpo etilgan Za’faron restorani, qulay hostel, gigiyenik vositalar bilan ta’minlangan hammom, xavfsiz avtoturargoh va avtoyuvish shahobchasi faoliyat boshladi. Restoranda milliy taomlardan tashqari, Yevropa va Turkiya oshxonasining eng mazali taomlari ham taqdim etiladi.
Kelgusida majmua hududida 200 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh, yuk mashinalari uchun xizmat ko‘rsatish shahobchalari va elektromobillar uchun quvvatlash uskunalari ishga tushiriladi. Loyihaning ikkinchi bosqichi 2025 yil 1 yanvargacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha xalqaro yuk va yo‘lovchi transportlari uchun qulay shart-sharoit yaratib, hududning turizm va iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.