So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining Abonentlar boshqarmasi mutaxassisi X.A. Olmaliq shahrida joylashgan oilaviy poliklinikadagi suv hisoblagich uskunasining tamg‘asi buzilganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani va qayta hisoblangan 204 mln. so‘m zararni o‘z hamkasbi orqali bartaraf qilib berish evaziga 1600 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan AJ Abonentlar boshqarmasining yana bir mutaxassisi A.A. o‘z xizmati uchun ushbu pul mablag‘idan 1300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Boshqa holatda esa muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq sodir etgan jinoyati uchun hozirda axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1983 y.t. A.S. 2021 yilning iyun oyida onlayn-auksion orqali o‘ziga va 6 nafar qarindoshiga dehqonchilik yo‘nalishida foydalanish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilgan 2,7 gektar yer maydonini 1979 y.t. I.K. bilan til biriktirib, mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilishib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlandi.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.