So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
O‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan da’voga?
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qo‘shko‘prik mahallasida ota meros hovlida umr o‘tkazayotgan Gulsara Ahmedjonova va oilasining oxirgi o‘n yili turli nizolar-u muammolar bilan halovatsiz o‘tdi. Gulsara opa o‘g‘li bo‘lmagani uchun jiyani Javlon Daminovni menga kelajakda o‘g‘ildek qaraydi deya hovlisiga ko‘chirib keladi. Jiyan esa ajratilgan yerni zudlik bilan 6 sotix qilib kadastr qildiradi. Eng qizig‘i, uyga kirib chiqish darvozasi xam jiyan chizdirgan chizmada.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qo‘shko‘prik mahallasida ota meros hovlida umr o‘tkazayotgan Gulsara Ahmedjonova va oilasining oxirgi o‘n yili turli nizolar-u muammolar bilan halovatsiz o‘tdi.
Gulsara opaning yolg‘iz qizi bor, o‘g‘li bo‘lmagani uchun jiyani Javlon Daminovni menga kelajakda o‘g‘ildek qaraydi deya hovlisiga ko‘chirib keladi. 7 yil davomida birga yashashadi va jiyaniga katta hovlining bir chekkasidan uy qurib olishi uchun 5 sotixga yaqin yer ham ajratib beradi.
Jiyan esa ajratilgan yerni zudlik bilan 6 sotix qilib kadastr qildiradi. Eng qizig‘i, uyga kirib chiqish darvozasi xam jiyan chizdirgan chizmada.
Uyni darhol begonalashtirgan jiyan kelajakda xolasi uyga qanday kirib chiqishini o‘ylab xam o‘tirmaydi.
Sodda xola hovlisining bir qismini jiyanning bu faqat rasmiyatchilik uchun degan so‘zlariga ishonib bilib bilmay oldi-sotdi shartnomasiga imzo qo‘ygani endilikda muammoni battar chigallashtirmoqda.
Javlon Daminovning o‘z xolasini aldab olgan yeriga kadastr hujjatlarini tayyorlab bergan kadastr xodimi Ubaydulla Rahmatullayev Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti biror bandiga amal qilmagan xolda joyiga chiqib o‘rganmagan xolda munajjimlik qobiliyatini ishga solibgina kadastr pasportini tayyorlab bergan.
Oqibatda Gulsara Ahmedjonovaning uyi kirish darvozasisiz qolmoqda. Davlat xodimining bunday vijdonsizlik va qo‘pol xatosiga nima sabab bo‘lishi mumkin.
Qizig‘i bu holat bo‘yicha kadastr xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlangan, lekin hech qanday chora ko‘rilmagan.
Hozirda ushbu mulkiy nizo soxta hujjatlar bilan to‘g‘rilangan 13:04:09:06:01:0286 raqamli kadasr hujjatini haqiqiy emas deb topish da’vosi Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining adolatli sudyasi ekani aytilayotgan Ansatboy Qarajonov raisligida ko‘rib chiqilmoqda. Aminmizki, bu ishda haq qaror topadi.



