So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiya prezidenti Mudofaa vazirligi rahbariyati va harbiy-sanoat kompleksi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Vladimir Putin Mudofaa vazirligi rahbariyatini “Oreshnik” majmuasi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.
Mazkur uchrashuvda Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy bayonotlar:
◾️ Bizda bunday qurollar zaxirasi bor;
◾️ Rossiya Federatsiyasi o‘z xavfsizligiga tahdidlarga qarab yangi turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazishni davom ettiradi;
◾️ “Oreshnik” raketasi eski tizimlarning modernizatsiyasi emas, balki zamonaviy va so‘nggi ishlanmadir;
◾️ Rossiyaning kelajagi ko‘p jihatdan maxsus operatsiyaning maqsadlariga erishilishiga bog‘liq;
◾️ “Oreshnik” kabi tizimlar ustida ishlash Rossiya uchun hayotiy ahamiyatga ega;
◾️ Hozir dunyodagi hech bir davlatda “Oreshnik” kabi tizim yo‘q;
◾️ “Oreshnik”ni ceriyali ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, u strategik raketa kuchlariga yetkazib beriladi;
◾️ “Oreshnik” tizimi dushman nishonlariga qarshi ommaviy ravishda qo‘llanilsa, uni strategik qurol bilan solishtirish mumkin bo‘ladi;
◾️ Rossiyada “Oreshnik”ka o‘xshash bir nechta tizimlar sinovdan o‘tkazilmoqda;
◾️ “Oreshnik” — bu yuqori aniqlikdagi qurol, u ommaviy qirg‘in vositasi emas;
◾️ “Oreshnik”ka o‘xshash tizimlar boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu ertaga yoki bir yildan keyin bo‘ladi. Rossiyada bunday qurolning bugun borligi judayam muhim.