So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Dusovga sud hukmi oʻqildi
Bugun, 21-noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida K. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining sudyasi S. Mamadiyev raisligida birinchi instansiyada koʻrib chiqildi.
Sud sudlanuvchining jinoyat sodir etishdagi aybi jabrlanuvchining koʻrsatmasidan tashqari, jinoyat ishida toʻplangan dalillar bilan, yaʼni jabrlanuvchilarning arizasi, tushuntirish xatlari, guvohlarning koʻrsatmalari, sudga doir lingvistik ekspertizalar xulosalari, yozuvlar skrinshoti, Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Kabul Dusov” nomli profilni va Telegram messenjeridagi “Kobul Dusov | RASMIY KANAL” nomli kanalni koʻzdan kechirish bayonnomasi, sudga doir kompleks ekspertizalar xulosalari hamda jinoyat ishi boʻyicha barcha toʻplangan, tekshirilgan, ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholangan dalillar bilan toʻliq isbotlangan deb hisobladi.
Sud hukmiga muvofiq K. Dusov jabrlanuvchi F. Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan K. Dusovga sutkaning muayyan vaqti, yaʼni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi va unga qoʻshimcha internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik, har oyda bir marotaba yashash joyi boʻyicha IIO FMB Probatsiya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik kabi taqiqlar yuklanishi belgilandi.
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirildi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.