So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Aktivistni ukasi”ga qoʻpol muomala qilgan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs bilan IIO xodimi oʻrtasidagi ogʻzaki mojaro aks etgan video tarqaldi.
Joriy yilning 18-dekabr kuni taxminan soat 14.30 larda voyaga yetmagan 2007-yilda tugʻilgan Yu.S. “102” raqamiga qoʻngʻiroq qilib, Bektemir tumanidagi savdo majmualaridan birida qandolat mahsulotlari xodimlari bilan oʻzaro janjallashgani yuzasidan xabar bergan. Mazkur xabar yuzasidan yetib kelgan tuman IIO FMB PPX xodimlari voyaga yetmagan Yu.S.ga nisbatan qoʻpollik qilgan.
“Toshkent shahar IIBB rahbariyati fuqarolarga nisbatan xodimlar tomonidan qoʻpol muomalada boʻlish holatlarini qoralaydi. Videodagi holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlandi, qisqa muddat ichida xizmat tekshiruvi yakunlanib, aybdor xodimlarga nisbatan qatʼiy chora koʻrilishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.