So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Prezident Mirziyoyevning Oliy Majlisdagi nutqi Murojaatnoma sifatida qabul qilindi
Davlat rahbari yangi davr Yangi Oʻzbekistonimiz jadal rivojlanadigan, yanada yuksak taraqqiyot choʻqqilarini zabt etadigan davr boʻlishiga ishonch bildirdi.
“Bu davr parlament va Hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish boʻyicha ibratli anʼanalar shakllanadigan va tarixga muhrlanadigan davr boʻladi. Kelajak avlodlar albatta faxr bilan tilga oladigan ana shunday buyuk tarix va kelajakni yaratish bizning oʻz qoʻlimizda”, — dedi Prezident.
Prezident keyingi uch kun mobaynida Oliy Majlis aʼzolari, keng jamoatchilik bilan mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti haqida atroflicha fikr almashilganiga eʼtibor qaratdi.
“2024-yilda – «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da bajargan ishlarimizga yakun yasadik. Parlamentimizda – “Xalq uyi”da deputatlar bilan muhokama qilingan barcha tashabbus va rejalarni, ularda ilgari surilgan gʻoya, maqsad va vazifalarni, mohiyat eʼtiboriga koʻra, Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnomadesam, oʻylaymanki, sizlar ham bu fikrga qoʻshilasiz.
Siz, hurmatli deputatlar va Hukumatimiz aʼzolari, kattayu kichik barcha rahbarlar mana shu Murojaatnomada belgilab berilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda fidoyilik va namuna koʻrsatib mehnat qilasizlar,
deb ishonaman», — dedi Prezident soʻzining yakunida.