So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston “Korrupsiyaning mavjud emasligi” reytingida 23 pogʻona yuqoriladi
Soʻnggi besh yilda “Korrupsiyaning mavjud emasligi” koʻrsatkichida Oʻzbekiston 23 pogʻona yuqori koʻtarilib, 2023-yilda 140 ta mamlakat orasida 66-oʻrinni egalladi va Markaziy Osiyo mintaqasida bu yoʻnalishda sezilarli ijobiy koʻrsatkichni namoyish etdi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash boʻyicha “Ochiqlik indeksi” joriy etildi.
Biroq, bu borada hali yechimini kutayotgan masalalar ham yetarli ekani taʼkidlandi.
Oʻtgan yili korrupsiyaga oid jinoyatlar 12 foizga kamaygan boʻlsada, 6 ming 500 nafar shaxs korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Prezident Senatni aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, toʻgʻrilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqirdi.