So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonliklarga “Brigada” seriali orqali tanish Sergey Bezrukov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasining madaniyat va sanʼat sohalari vakillarini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarimizning anʼanaviy doʻstlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, xususan, kino va teatr yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, maʼnaviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boyitishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin:
Bezrukov Sergey Vitalevich — Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktyori
Liyepa Andris Marisovich — Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, balet artisti, rejissyor
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev