So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Uztest bir yilda 22 ming mashinani test qila oladi. 2023-yilda Oʻzbekiston 60 mingta avtomobil import qilgan. 40 mingta mashina egasi test qilishni 2 yil kutadimi? Mantiqsizlik!!!
UzTest tan olishicha 1-noyabrdan 12-noyabrgacha markaz 600 dan ortiq avtomobilni sinovdan oʻtkazdi. Poligonning quvvati kuniga 50−60 ta — yiliga 22 mingta avtomobilni tekshirish imkonini beradi.
Oʻtgan yili 62 ming ortiq avtomobil import qilinib, taxminan shuncha muvofiqlik sertifikati berilgan. 2024-yil 8 oyida 48 ming avtomobil import qilingan.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, bu tayyor iqrornoma va normal sudda Uztestga qarshi ariza berilishi mumkin.
“Bu tayyor iqrornoma. Istalgan normal davlatdagi mahkamada va normal sudda Uztestʼga qarshi daʼvo berishga va yetkazilgan zararlarni qoplashga asos boʻladi. Tasavvur qilyapsizmi, UzTest poligonida sinov oʻtkazish imkoniyati 3 karra kamligini bila turib, sinovlarni boshlash qanaqa oqibatlar yaratishini tasavvur etgan holda, shu ishga qoʻl urishgan. Bu sinovlar oʻtkazishdan maqsad isteʼmolchilar uchun tavakkalchilikni kamaytirish ham emas, elektromagnit moslik sinovidan oʻtkazish ham emas, yoʻq joydan muammo yasab, importchi mokki va isteʼmolchilarni bezdirish boʻlgan. Va Uztest buning uddasidan chiqdi. Oʻnlab tadbirkorlar «enasini emsin” deya qoʻl siltadi va ishini toʻxtatdi. Yana toʻxtatishadi. Oʻzi uchun chetdan avtomobil olib kelgan odamlar ham qaytib bu ishga qoʻl urmaydi», degan Bakirov.
Iqtisodchi xuddi shu texnikadan oʻtgan yil “Eltech-Lab” ham foydalanganini eslab oʻtgan.
“Xuddi shu metodika maishiy texnika importini cheklash uchun fevral oyida «Eltech-Lab” MCHJ vositasida qoʻllangan edi. Energesamaradorlik testini oʻtkazish boʻyicha hech qanaqa uskunasi boʻlmay turib, hukumat energosamaradorlik boʻyicha test oʻtkazish majburiyatini kiritgan. Shu protokolni oligarxlar dastyori agentlik tayyorlagan, bosh vazir oʻrinbosari imzo chekkan. Sinov uchun bironta asbobi yoʻq boʻla turib “Eltech-Lab” MCHJ tadbirkorlardan millionlab dollarlik sovitkich, muzlatkich va konditsioner qabul qilavergan. Navbat koʻp deya oylab choʻzib yuravergan. Tadbirkorlar singan, millionlab zarar koʻrgan»
Bakirov “Eltech-Lab” tadbirkorlaga yetkazgan zararini qoplab bermaganini alohida urgʻulagan.
“Siz nima deb oʻylaysiz, «Eltech-Lab” MCHJga biron chora koʻrildimi? Yoʻq. Yetkazilgan zararlar qoplab berildimi? Yoʻq. Bosh vazir oʻrinbosari va agentlik rahbariga hech qursa siyosiy javobgarlik eʼlon qilindimi? Yoʻq. Chunki maqsad hech qanaqa sinovlar oʻtkazish va shu orqali sifatni taʼminlash emas, maishiy texnika importini cheklash boʻlgan. Boʻldi. Bu safar ham shunday boʻladi», degan u