So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Soʻxda aholi qachongacha ariqlardan suv ichib yashaydi?!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgust kuni qabul qilingan “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4798-son Qarori boʻyicha mahalliy aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 108 milliard so'm mablag' ajratilgan.
Effect.uz muxbiri Hamid Ahmedov surishtiruv davomida aniqlashicha, PQ-4798-son Qarorga asosan ajratilgan 108 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlariga bitta firma talab olingan. Bu firma tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan aniq koʻrsatmalarni qonuniy belgilab, majburiyatlari koʻrsatib berilgan.
Budjetdan shuncha mablagʻ sarflangan, lekin buyurtmachi
“Suv injenering” degan bir tashkilot toʻliq mablagʻlarni qayerga sarflangani haqida biron-bir maʼlumot bermagan.
Soʻx tumanida Bu “firma” tomonidan sifatsiz qilingan ishlarning ortidan norizo boʻlgan aholi bir qancha tashkilotlarga arizalar bilan murojaat qilgan. Bizga kelgan maʼlumotlarga koʻra, MFY raisi hatto, tuman deputatlari Kengashining qarorini inobatga olmagan va hech qaysi vakolatli tashkilotlar muammoni bilsada, jim, tomoshabin boʻlib turishdan nariga oʻtmagan.
Ha, bu Xalq biladi, adolat Bor baribir kimdir bir kun eshitadi, balkim bilmas, lekin umid Bor shu “jichchagina umid” tinimsiz murojaat qilishga undaydi aslida, boshqa iloji ham yoʻq.
Maʼlumotlarga koʻra, bajaruvchi “firmaga” 2024-yil hech qanday shaffof auksion tizimisiz 40 milliard soʻm pul ajratilishi belgilangan va hozirda 1-bosqich uchun 10 milliard soʻm pul buyurtmachi tomonidan tashlab berilgan.
Oʻylanib qolasan nega aynan bitta firmaga shuncha ishonch bildirilgan?!
Nega qonuniy, shaffof elektron tanlov boʻlmadi? Soʻx tumani aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlash faqatgina bitta “firmaga” ishonib topshirilganmi?!
Bu firma ishonchni oqladimi?
Ish sifatini kim, qachon tekshiradi?!
Soʻx tumanida 27 ta mahalla bor.
2020-2021-yilgacha PQ-4798-son Qarori boʻyicha 108 milliard
2024-2026-yilgacha 404-son Qaror boʻyicha 40 milliard pul yoʻnaltirilishi belgilangan ekan.
Bechora soʻxliklar yana qancha kutishni tahmin ham qila olmaydi, nima qilsin bechoralar, ichimlik uchun pulni prezident bergan, faqat pul berganga qilingan ishlar va hisoboti beriladi, ha tushaman.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xalqni isteʼmoli uchun yetkazilib berilishi lozim boʻlgan ichimlik suvini berilganmi, desa nima boʻladi?! Nega prezident soʻrashi kerak!?
Xalqni soʻrashga haqqi yoʻq, bu pul aytishga oson, lekin topish qiyin! Qanchadan qancha soliq toʻlovchi fuqarolardan yigʻilgan pullar.
Soʻxliklar ularga toza ichimlik suvi uchun ajratilgan mablagʻ nima boʻldi, qanaqa ish qilindi, degan savollarni berishga haqqi yoʻq.
Agar soʻrashsa, tezda tinchlik senga yoqmay qoldimi, degan bosimlar boʻladi.
Sen xalqni koʻtarmoqchimisan degan dagʻdagʻali gʻalati savol, bosim qilishni boshlashar emish.
Bunchalik qattiq himoya qilinadigan firma qaysi nufuzli insonga qarashli ekan?
Nima boʻpti kim boʻlsayam, pul xalqniki jamoatchilik vakillari, Xalq vakillari oʻz vaqtida har bitta qilingan ishlar haqida, ajratilgan pulga qilingan ishlar maʼlumotini tahlili, hisobot berib borishi shart degani odam yoʻq.
Xullas, hozir bu odamlarga juda qiyin.
Soʻx tumani Tul qishlogʻi “Sohibkor” MFY da yashovchi fuqarolarning maʼlum qilishicha, suv quvurlari tortilganiga 3-yil boʻlgan, lekin shu kungacha suvga muhtoj aholi ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan.
Soʻxliklar ariqlardan oqib oʻtuvchi yaroqsiz suvdan foydalanib kelishmoqda.
Ushbu holatga tegishli tashkilotlar huquqiy baho berishadi degan umiddamiz.