So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshketdagi uylar narxi tushdi
Oʻzbekiston koʻchmas mulk narxi arzonlagan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Oktyabr oyida roʻyxatga olingan koʻchmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni sentyabr oyiga nisbatan 0,6%ga oshib, 21,4 mingtani tashkil etgan.
Oktyabr oyida koʻchmas mulk bozorida bitimlar soni hududlar kesimida Toshkent viloyatida (+10%), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (+8,1%) va Jizzax viloyatida (+7,5%) sezilarli oʻsgan.
Ikkilamchi uy-joylarning eng arzon narxi Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuzatilib, bir kvadrat metr uchun oʻrtacha narx 328 dollarni tashkil etdi.
Uy-joy ijarasi narxi Toshkent shahrida yil davomida 12%dan koʻproq tushdi. Eng katta pasayish Yashnobod — 18%, Sergeli — 17% va Mirzo-Ulugʻbek — 15,2% tumanlarida qayd etildi.