So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Inspektor 400 dollar talab qildi va 4-yilga “kesildi”
Sirdaryoda yoʻl transport hodisasi sodir etgani boʻyicha, tergovga qadar tekshiruv ishlarini uning foydasiga hal qilgan holda, sudga chiqarish va sud tibbiy ekspertizasini yengillashtirish hamda avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishni vaʼda berib, buning evaziga 400 AQSH dollari talab qilgan inspektor sudlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Haydovchi xodimning bu taklifiga rozi boʻlmagan. Shuning uchun huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilgan.
Uning arizasiga asosan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, inspektor 200 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Sudlanuvchining soʻzlariga koʻra, u haydovchiga “yordam” bermoqchi boʻlgan.
Ayblanuvchi dastlab qilmishiga iqror boʻlmagan. Biroq sud va tergov inspektorni aybdor deb topdi.
Inspektor suddan yengillik soʻragan.
“Hozirgi kunda davlatdan bir qancha kreditlarim bor. Oilada yolgʻiz boquvchi boʻlganim uchun yengilroq jazo berishingizni soʻrayman”, degan xodim.
Sud uni 3-yil muddatga IIV tizimida har qanday lavozimda ishlashdan mahrum qilib, 4-yilga qamadi.