So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yakkasaroy tumani hokimi Allabergenova yoshi ulugʻlarning holidan xabar oldi
Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning tashabbusi bilan 13-noyabr kuni “Armugʻon” mahallasida istiqomat qiluvchi 68 yoshli Manzura onaning holidan xabar olish maqsadida uning xonadoniga yosh volontyorlar guruhi aʼzolari yuborildi.
Yoshlar onaxonning uyini tartibga keltirib, unga atrof-muhitni qulay va toza holatda yaratishga yordam berdi. Ular Manzura ona bilan suhbat qurib, unga ijobiy hissiyotlar ulashishdi. Shuningdek, volontyorlar onaxon uchun osh tayyorlab borgan.
Manzura ona uchun bu juda katta eʼtibor va dalda boʻldi. Inson umr yoʻli doimo oson kechmaydi; unda koʻplab sinovlar, quvonch va tashvishlar bor. Ayniqsa, yoshi ulugʻ kishilar jamiyat eʼtiborini koʻproq his etishni istaydi. Nilufar Allabergenova esa nafaqat rahbar, balki yurakdan insoniyatga yaqin, mehribon, aholi dardini oʻzining dardi deb biladigan shaxs sifatida Manzura onaning xonadoniga shaxsan oʻzi bordi.
Kunning ikkinchi qismida hokim Manzura onaning uyiga kelib, yosh volontyorlar va onaxon bilan bir dasturxon atrofida oshxoʻrlik qildi. Ular samimiy suhbat qurdilar, Manzura ona oʻzining hayotiy tajribalari, boshidan kechirgan voqealari haqida hikoya qilib berdi. Yosh volontyorlar uning har bir soʻzini diqqat bilan tinglab, bu hikoyalardan saboq oldilar.
Ushbu uchrashuv nafaqat insoniy qadriyatlarni yuksaltirish, balki yoshlarga oʻz yaqinlarining qadriga yetishni, kattalarga eʼtiborli boʻlishni eslatish vazifasini ham bajardi. Tuman hokimi Nilufar Allabergenova va yosh volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan bu chora tadbir faqatgina mehr-muruvvat koʻrsatish emas, balki jamiyatimizdagi birdamlik, hamjihatlik va bir-biriga gʻamxoʻrlik qilishni targʻib qilishga qaratilgan ulugʻvor qadamlardan biri edi.
Bu kabi tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat va insonparvarlik ruhini saqlab qolish, kelajak avlodlarga oʻrnak boʻlish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Nilufar Allabergenova oʻz amallari bilan oddiygina eʼtibor va mehr nafaqat odamlar hayotini yengillashtirishi, balki ularning qalblariga iliqlik olib kirishini koʻrsatdi.