So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Urgutlik “uchuvchilar” DXX “qopqoni”ga tushdi
Ushbu narkotiklar Oʻzbekistonga uchinchi shaxslar tomonidan Qirgʻiziston va Tojikistondan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, “Samarqand-Qoraqalpogʻiston” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina Navoiy viloyatining “Muntazam” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirilganda, uning salonida 992 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, avtomashinada boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi, 1973 va 1975-yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs Samarqand viloyatining Jomboy va Bulungʻur tumanlarida istiqomat qiluvchi, 1977 va 1982-yillarda tugʻilgan 2 fuqarodan 100 mln. soʻmga sotib olingan ushbu ajal ogʻusini kelgusida qayta sotish orqali moʻmay daromad topishni rejalashtirishgan.
Tezkor tadbir davomida narkotik moddani toʻrtkoʻllik xaridorlarga sotgan samarqandlik fuqarolar ham qoʻlga olinib, ulardan birining yashash xonadonidan 767 gr. “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Boshqa holatda, Urgut tumanida harakatlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Bulungʻur tumanida yashovchi, 1958-y.t. fuqaroning yonida 500 gr. “opiy” moddasi borligi aniqlandi. Bulungʻur tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Samarqand-Namangan” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina “Yuqori nuqta” YPX maskanida toʻxtatilib tekshirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Urgut tumanida yashovchi, 1994-y.t. shaxsning yonida 978 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi, 1989-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida toʻxtatildi.
Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda uning motor qismiga yashirib qoʻyilgan 951 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Toshkent shahrida qabul qilib olgan, Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1989-y.t., muqaddam sudlangan fuqaro ham qoʻlga olindi.
Ushbu giyohvandlik vositalari Oʻzbekistonga uchinchi shaxslar tomonidan Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



