So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Konimex chorvachiligida Mo‘g‘uliston tajribasi qo‘llanadi
Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda chorvachilikni rivojlantirish uchun xorij tajribasini o‘rganish, hududning iqlim sharoitiga mos chet el chorva zotlarini olib kelib ko‘paytirish, amaliy va nazariy tamoyillarni integratsiya qilish borasida topshiriqni bajarish maqsadida Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ldi.
Prezident Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatda chorvachilikni rivojlantirish uchun xorij tajribasini o‘rganish, hududning iqlim sharoitiga mos chet el chorva zotlarini olib kelib ko‘paytirish, amaliy va nazariy tamoyillarni integratsiya qilish borasida topshiriq bergan edi. Chorvachilik sohasida naslli qoramollarni olib kelish va chorva mollari zotini yaxshilash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish maqsadida Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya amaliy safar bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ldi.
Delegatsiya tashrif davomida Yaylovlarni rivojlantirish assotsiatsiyasida, poytaxt Ulan-Batorda joylashgan Agro ekologiya universiteti, Mo‘g‘uliston hayot fanlari universitetida (MULS), Gobi sahrosidagi cho‘l-yaylovlarda, Dundgovi viloyatidagi chorva markazlari va yaylovlarida bo‘ldi.
Shuningdek, Mo‘g‘ulistonning fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi bilan chorvachilik sohasida hamkorlik va ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Xizmat safari davomida yaylovlarga, chorvachilik xo‘jaliklariga tashrif buyurgan holda, mahalliy tarzda naslli chorva mollarini parvarishlash sharoitlari bilan tanishildi. Qo‘y va echkilarning Navoiy viloyati iqlimiga mos keladigan “torgut”, “kashemir”, “bayad”, “mo‘g‘ul” zotlarining nasldorlik xususiyatlari, cho‘l-yaylovlarni degradatsiyasining oldini olish, chorva uchun ozuqabop ekinlar yetishtirish, innovatsion yondashuv asosida chorva zotlarining genofondini yaxshilash, chorva mollarini havo yo‘li orqali olib kelish, logistika imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib borilib, hamkorlikka kelishildi.