So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
175,4 mlrd so‘mlik 127 ta davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan
Kecha, 12-noyabr kuni AOKAda “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida;
Adliya vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh mahalliy davlat hokimiyati organlarida;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh respublika darajasidagi boshqa davlat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslarda Qonun kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganmoqda.
Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 1488 nafar boshqaruv xodimi 1653 ta tadbirkorlik subyektida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlanib, davlat organlari va tashkilotlariga 33 ta taqdimnoma kiritildi.
Jami 175,4 mlrd so‘mlik 127 ta davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi, 22 ta holatda 23,9 mlrd so‘mlik davlat xaridida raqobatni cheklovchi usullar orqali g‘oliblik qo‘lga kiritilganligi aniqlandi.
Agentlik taqdimnomalari asosidamazkur davlat xaridlari bo‘yicha rasmiylashtirilgan bayonnoma va shartnomalar
bekor qilingan.



