So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi
Samarqand viloyatida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib zo‘rlangani aytilmoqda. Bu haqda “Nemolchi.uz” xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, qizning qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ular qizlari yo‘qolgani haqida ariza yozgan. Badanida zo‘ravonlik izlari bo‘lgan qiz 6 noyabr kuni topilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, uni bir necha kun kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlab, irodasiga qarshi ushlab turgan va zo‘rlagan. Uning yaqinlari qizni shifokorga olib borgan.
Jabrlanuvchining yaqinlariga ko‘ra, 7 noyabr kuni (qiz topilganning ertasiga) tergovchi uni gumonlanuvchilar bilan bitta mashinada, lekin ota-onasisiz ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketgan. Qiz esa ekspert erkak bo‘lgani uchun ekspertizadan bosh tortdi. Shuning uchun ekspertiza 10 noyabr kuni (yana qarindoshlarsiz) o‘tkazildi. Ammo qonida alkogol yoki zararli moddalar bor-yo‘qligini tekshirish uchun undan qon olinmagan.
Qayd etilishicha, qizga arizasini qaytarib olishi uchun turli bosimlar o‘tkazilmoqda, lekin u taslim bo‘lmayapti.
Bolalar ombudsmani holat Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lganini, o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib borayotganini ma’lum qildi.
Holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegishli sud-tibbiyot va biologik ekspertizalari tayinlangan.