So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tatariston Respublikasi Bosh Vaziri oʻrinbosari, Sanoat va savdo Vaziri Korobchenko Oleg Vladimirovich boshchiligidagi 16 ta kompaniya rahbarlaridan iborat delegatsiya Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Delegatsiya dastlab Navoiy shahri Erkin iqtisodiy zonasidagi qator korxonalar, shuningdek Qiziltepa tumanidagi “SVS NAVOIY” MCHJ faoliyati bilan tanishtirildi.
Qolaversa, mehmonlarga viloyatning savdo iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Tomonlarning loyihalari taqdimoti ham hamkorlik uchun asos boʻla oladigan mavzular koʻpligi isboti sifatida xizmat qildi.
Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrifining rasmiy qismi viloyat hokimligida Normat Tursunov va Oleg Korobchenkoning uchrashuvi bilan davom ettirildi. Ikki hudud oʻrtasidagi savdo iqtisodiy va investitsion masalalar atroflicha muhokama etilib, istiqbolli yoʻnalishlarda hamkorlik boʻyicha muzokaralar olib borildi.