So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Tez yordam xodimlarini kaltaklagan erkak ikki yilga qamaldi
Sudlanuvchi tomonidan tez tibbiy yordam avtomashinasiga jami 4 mln 392 ming 740 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Toshkent shahrida tez yordam xodimlarini kaltaklab, mashinasiga zarar yetkazgan erkak ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Joriy yilning 16-oktyabr kuni Mirobod tumanida soat 19:00 lar atrofida 30 yoshli nomaʼlum erkak kishida “Qon ketishi (xushsiz)” sababi bilan yoʻlovchi fuqaro tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga chaqiruv kelib tushgan.
“Tez yordam” xodimlari manzilga kelganida, 22 yoshli fuqaro M.A. koʻchada yon-atrofdagi kishilarga tajovuz qilayotgani maʼlum boʻlgan. “103” koʻchma brigadasi unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatmoqchi boʻlganda, fuqaro shifokorlarga kuch ishlatgan.
Shuningdek, “Tez yordam” avtomashinasiga jiddiy zarar yetkazgan. Qayd etilishicha, sudlanuvchi tomonidan tez tibbiy yordam avtomashinasiga jami 4 mln 392 ming 740 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
“Juda koʻp ichib yuborganligim uchun boʻlgan holatni aniq eslolmayman. Hozirda qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi ayblanuvchi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.