So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Germaniya janubida ukrainalik yuk mashinasi haydovchisi Putin haqidagi tortishuv tufayli halok boʻldi. Hodisa ishtirokchilaridan biri Oʻzbekiston fuqarosi
Mojaro Oberrot qishlogʻi yaqinidagi yuk mashinasi bekatida sodir boʻlgan. 9-noyabr kuni kechqurun u yerda toʻrt nafar haydovchi spirtli ichimlik isteʼmol qilgan.
Ruminiyalik 38 yoshli yuk mashinasi haydovchisi Ionutning «Bild»nashriga aytishicha, u hamkasblaridan musiqani oʻchirishni soʻragan, biroq ular quloq solmagan va baland ovozda kulishda va bahslashishda davom etgan. Ionutning soʻzlariga koʻra, muhokama mavzusi Ukrainadagi urush va unda Rossiyaning roli haqida boʻlgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan keyin mojaro avj oldi va mushtlashuvga aylanib ketdi. Natijada toʻrtlikning eng yosh aʼzosi, ukrainalik 34 yoshli haydovchi halok boʻldi. Yana uch kishi hibsga olingan. Ular 35, 41 va 45 yoshda. Ulardan biri Oʻzbekiston fuqarosi. Politsiya ukrainalikni aynan kim oʻldirganini aniqlamoqda.