So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Penzada halok boʻlgan 3 nafar insonning 2 nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan
Joriy yilning 10-noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan) ertalab soat 06:00 larda Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738 km.da avtotransport hodisasi sodir boʻlib, 3 kishi halok boʻlgan edi.
Qozondagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ularning 2 nafari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligi tasdiqlandi ( 1980 va 1996-yilda tugʻilgan fuqarolar boʻlgan).
Jarohat olgan vatandoshlarga tor soha mutaxassislar tomonidan tibbiy davolanish koʻrsatish maqsadida Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat vakillarining koʻmagida turli jarohatlar olgan 2 nafar Oʻzbekiston fuqarolari Kuznesk tumanlararo shifoxonasidan Penza shahar 6 Markaziy klinik shifoxonasiga koʻchirilganligini maʼlum qildi.
Tibbiyot muassasasining shifokorlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, doimiy aloqa oʻrnatilib, bemorlarning ahvoli boʻyicha muntazam ravishda maʼlumot olinmoqda.
Xozirgi paytda Bosh konsulxona jasadlarni Vatanga qaytarish boʻyicha zarur rasmiylashtiruv jarayonlari yakunlash choralarni koʻrmoqda.