Qidirish

12:26 / 2024-11-12 90 0 Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi turizm sohasida isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklamoqda

Raqobat qoʻmitasiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan turistik firmalari xizmatiga bir qancha eʼtirozlar bildirgan isteʼmolchilardan murojaatlar kelib tushgan.

world-news

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 668-sonli “Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan monitoring ishlari oʻtkazildi.

Monitoring oʻtkazish davomida “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyasi mavjud boʻlmagan “MUSAFFO TRAVEL”, “EVRO TURISTIK” va “ARAL TRAVEL” tur firmalari tomonidan “Umra” ziyorati toʻgʻrisida reklamalar joylashtirilganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar boʻyicha Qoʻmita xodimlari tomonidan jamiyatlar rahbarlariga yuqorida keltirilgan qaror talablariga asosan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya boʻlishi shartligi tushuntirildi hamda joylashtirilgan reklamalar joyida olib tashlandi.

Bundan tashqari, Qoʻmitaga kelib tushgan fuqaro murojaatida isteʼmolchi “ISKANDER TOURS” MCHJ turistik firmasi bilan shartnoma tuzib 700 AQSH dollari toʻlaganligiga qaramasdan shartnoma shartlari bajarilmaganligidan noroziligini bildirib, toʻlagan pulini qaytarib berishda amaliy yordam soʻragan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqaroga toʻlagan mablagʻi qaytarilib berilishi taʼminlandi.

Namangan viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro murojaati kelib tushgan. Fuqaro “AIR SAMARKAND” (“SAM AIR” MCHJ) aviakompaniyasi bilan bogʻliq bir nechta muammolar yuzaga kelayotganligidan noroziligini bildirib sarflagan pul mablagʻini qaytarilishida amaliy yordam berishni soʻragan.

Oʻrganish natijasiga koʻra, fuqaro Nachan (Vetnam) shahriga 12 kunlik turpaket sotib olganligi, 8 soatlik parvozni inobatga olib turfirmaga qoʻshimcha 800 AQSH dollarini toʻlab “ekonom”dan “biznes” klassga joy olganligi ammo toʻlangan pulni inobatga olinmaganligi va olingan tur paket oʻzgarmaganligi maʼlum boʻldi.

Natijada, “SAM AIR” MCHJ tomonidan fuqaroga ortiqcha toʻlangan 800 AQSH dollari mablagʻi qaytarilishi taʼminlandi hamda bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi boʻyicha jamiyatga kerakli tushuntirishlar berildi.


Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga yil davomida “EUROVIZA”, “MERIDIAN TRAVEL”, “THE TRAVEL TIME”, “TRAVEL BY DENIZ” MCHJlar ustidan 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan boʻlib, mazkur murojaatlarni oʻrganilganda isteʼmolchilarga sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli 99,1 mln soʻm miqdordagi pul mablagʻlari qaytarib berilishi taʼminlangan.

Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga yoʻllangan fuqaro murojaatida “PEGAS” turistik agentligidan koʻrsatilmagan xizmat uchun 2 mln 450 ming soʻm pul mablagʻini qaytarishda amaliy yordam soʻralgan.

Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalariga koʻra, “PEGAS” turistik agentligidan foydalanilmagan xizmat uchun toʻlov mablagʻi isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berilishi taʼminlandi.

Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan turizm faoliyati («Umra« ziyorati) bilan shugʻullanuvchi tur operatorlari oʻrganildi.

Izohlar 0

Fikr bildirish