So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
2025-yildan boshlab nashriyotlar foyda soligʻidan ozod etiladi
Mazkur masala dastlab 2023-yil dekabridagi prezident yigʻilishida koʻrib chiqilgandi.
Oʻzbekistonda nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2025-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yil dekabrda oʻtkazilgan Prezident yigʻilishida ushbu masala muhokama etilgandi.
Unda nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi taʼkidlangandi.
Shu maqsadda ushbu korxonalar 5-yilga soliqlardan ozod qilinishi maʼlum qilindi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratilishi ham aytilgandi.