Qidirish

14:34 / 2024-11-11 153 1 Jamiyat

Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbank, Agrobank, Turonbank, Mikrokreditbank, Xalq banki 162,2 mlrd soʻm mablagʻni hanuzgacha terimchilarga toʻlamagan

Amaldagi tartib boʻyicha fermerlar topshirgan paxta xomashyosi qiymatining 80 % qabul qilingan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan, qolgan 20 % moliya yilining 31-dekabriga qadar klasterlar oʻz mablagʻi yoki tijorat kreditlari hisobidan toʻlab berishi belgilangan.

world-news

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-sonli va 2024-yil 13-dekabrdagi 574-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tijorat banklariga terim uchun 2,3 trln soʻm, fermerlar bilan yakuniy hisob-kitob uchun 3,2 trln soʻm mablagʻ ajratgan.

Shunga qaramasdan, tijorat banklari Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbank, Agrobank, Turonbank, Mikrokreditbank, Xalq banki tomonidan 162,2 mlrd soʻm mablagʻ xanuzgacha terimchilarga toʻlab berilmagan. Bundan tashqari, ushbu banklar tomonidan fermerlarning klasterlarga topshirgan paxtasiga yakuniy hisob-kitob qilish uchun mablagʻlar toʻliq ajratilmagan.

Shu bois, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2024-yil 9-noyabr kuni Bosh prokuraturaga, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Respublika Markaziy bankiga va tijorat banklari respublika boshqaruviga paxta xomashyosini yetishtirib topshirgan fermer xoʻjaliklariga terim pullari va yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirilishida sustkashlikka yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan prokuror nazorati hujjati qoʻllash hamda mablagʻlarni tezkorlik bilan ajratish masalasini koʻrib chiqilishida amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish