So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Toshkent shahri va uchta viloyatda Tojikistondan keltirilgan narkotik moddalar musodara qilindi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari sotgani uchun ikki marotaba sudlangan shaxs Urganch shahrida ushlanib, uning qo‘l sumkasida bo‘lgan 989 gramm opiy moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Boshqa holatda esa Surxondaryo—Xorazm yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi Tuproqqal’a tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 67 yoshli fuqaro hamda uning 34 yoshli kelinidan 993 gramm gashish moddasi olingan. Hozirda ularning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida Tojikistondan keltirilgan narkotik moddalar musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida Toshkent shahrining Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1996 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan shaxsning vaqtinchalik yashash manzilidan 1 kilogramm 995 gramm geroin moddasi, 143 gramm «Mefedron» hamda 3 litr suyuq «Mefedron» sintetik narkotik, qadoqlash vositalari, elektron tarozi va boshqa uskunalar olingan.
Shuningdek, mazkur shaxs tomonidan mijozlarga sotish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hududidagi xufiya joylarga yashirib ketilgan oltita zakladkalardan jami 1 kilogramm 296 gramm «Mefedron» ham olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositalari qozog‘istonlik va tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga yetkazib berilgan.
Boshqa holatda esa Samarqand— Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomashina Sirdaryo viloyatining «Sirdaryo» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 45 yoshli shaxsga tegishli 1 kilogramm 641 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u narkotik moddani Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun sudlangan 45 yoshli fuqarodan 10 ming AQSH dollariga sotib olgani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuzatilgan holatda, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, 64 yoshli shaxs Tojikistondan keltirilgan 901 gramm opiy moddasini 8 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
«Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilib, jazo o‘tagan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan», — deyiladi xabarda.
DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bo‘lsa Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi, 35 yoshli shaxs boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi Ko‘kdala tumanidagi «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, avtomashinaning orqa o‘rindig‘i ostiga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 265 gramm opiy va 1 kilogramm gashish giyohvandlik vositalari yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Bu yo‘nalishda DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazib, Tojikistondan olib kelingan giyohvandlik vositalarining viloyat hududida sotilishiga chek qo‘ygan.
Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari sotgani uchun ikki marotaba sudlangan shaxs Urganch shahrida ushlanib, uning qo‘l sumkasida bo‘lgan 989 gramm opiy moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Boshqa holatda esa Surxondaryo—Xorazm yo‘nalishida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi Tuproqqal’a tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Denov tumanida yashovchi, 67 yoshli fuqaro hamda uning 34 yoshli kelinidan 993 gramm gashish moddasi olingan.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.