So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Raqobat qoʻmitasi Qashqadaryodagi oziq-ovqat maxsulotlari narxini oʻrgandi
Raqobat qoʻmitasi tegishli masʼul tashkilotlar bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxiralari barqarorligini taʼminlash maqsadida respublikamizning 14 hududlarida ishchi guruhlar shakllantirdi.
Ushbu oʻrganishlar davomida mahsulotlarning narxlari hamda mavjud zaxiralarning yetarlilik holatlari oʻrganilmoqda. Jumladan, oʻrganish tafsilotlari Qashqadaryo viloyati misolida.
Qarshi shahridagi «Yerqoʻrgʻon« dehqon bozorida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarining chakana narxlari bugungi kun holatiga quyidagicha:
— Mahalliy un (1-nav) – 4 100 – 4 400 soʻm;
— Import uni (1-nav) – 6 500 – 7 000 soʻm;
— Qolipli non – 2 500 — 3 000 soʻm;
— Mol goʻshti (suyakli) – 85 000 – 90 000 soʻm;
— Parranda goʻshti – 25 000 – 27 000 soʻm;
— Tuxum – 800 – 1 200 soʻm;
— Paxta yogʻi – 15 000 – 16 000 soʻm;
— Kungaboqar yogʻi – 16 000 – 19 000 soʻm;
— Shakar – 13 000 – 14 000 soʻm;
— Guruch (alanga) – 12 000 – 15 000 soʻm;
— Qadoqlangan sut (mahalliy) – 11 000 – 14 000 soʻm;
— Kartoshka – 4 500 – 5 500 soʻm;
— Piyoz – 1 800 – 2 200 soʻm;
— Sabzi – 3 000 – 4 000 soʻmdan sotilayotganligi
Bundan tashqari, savdo yarmarkalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari mavjudligi hamda arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotganligi oʻrganildi.
Joriy narxlar 07.11.2024 holatiga koʻra koʻrsatilgan.