So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
12 yillik muammo hal etildi
EFFECT.UZ muxbiri Xamidjon Ahmedov Fargʻona tumani “Dilkusho”MFY aholisi tomonidan tushgan murojaatni oʻrganib chiqdi.

Oʻrganish davomida “Dilkusho” MFY, Islomobod koʻchasida joylashgan 5 ta xonadonda yashovchi fuqarolar katta yoʻlga kirib-chiqishlari uchun ajratilgan yoʻl maydoni “Vodil Qizil Qoʻrgʻon” massivi hududidagi 687q-kunturda joylashgan «Vodil Nishon fayzi fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 3,56 gektar bogʻ maydonida joylashgan boʻlib, Fargʻona tuman hokimining 2019-yil 18-fevraldagi 917-sonli qaroriga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan va ushbu bogʻ maydoni uzoq yil muddatga foydalanish uchun fermer xoʻjaligi rahbari N.Yuldoshevga ijaraga berilganligi va hozirgi kunga qadar foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hududda yashovchi fuqarolarning bir necha bor qilgan murojaatlariga asosan fermer xoʻjaligi rahbari N.Yoʻldoshev tomonidan bogʻ maydonida fuqarolarga katta yoʻl orqali xonadonlariga bemalol kirib-chiqishi uchun yoʻl ajratib berilganligi, lekin fuqarolar tomonidan ushbu mavjud yoʻlni kengaytirish masalasida 12-yil davomida fermer xoʻjaligi rahbari bilan oʻzaro kelishmovchiliklari yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Tuman hokimi Xamidullo Inomov fuqarolarning murojaatini oʻrganib chiqdi va ushbu muammoga yechim topildi.



