So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xitoy Oʻzbekistonda mehnat migrantlarining malakasini oshiruvchi markazlar ochadi
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Nankin politexnika instituti xalqaro hamkorlik va almashinuv departamenti direktori Shan Veylay bilan muzokara oʻtkazdi. Bu haqda «Dunyo« AA xabar berdi
Unda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, oʻzbekistonlik talabalarni Nankin politexnika institutida fundamental kasblar boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashgan mutaxassislar etib tayyorlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mehnat migrantlarining malakasini oshirish uchun Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan markazlarni ochish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Mavjud boʻlgan salmoqli tajribani inobatga olgan holda, Xitoy tomoni ushbu sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyiha va dasturlarni batafsil muhokama qilish uchun Nankin politexnika instituti delegatsiyasining Oʻzbekistonga ishchi safarini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.