So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentning ikki tumanidagi 3500 xonadon gazsiz qoldi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator ish jarayonida o‘rta bosimli gaz quvurini uzib yuborganligi sababli Toshkentning ikki tumanidagi 3500 xonadon gazsiz qolgan. Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishi aytilmoqda.
Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Bu haqda "Hududgazta’minot" AJ axborot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator ish jarayonida o‘rta bosimli gaz quvurini uzib yuborgan.
Buning oqibatida, Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta yerli xonadon, shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko‘chalari iste’molchilari vaqtincha tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirildi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi, deyiladi xabarda.