So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar bilan bog‘liq reklamalarda 328 ta qonunga zid holatni aniqladi
O‘rganishlarga ko‘ra, 328 ta holatda reklama qonunchiligiga oid nomuvofiqlik aniqlangan bo‘lib, qonunbuzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Qo‘mita joriy yilning 10 oyi davomida 2205 ta biologik qo‘shimcha reklamasi muvofiqligini tekshirish uchun o‘rganish o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, 328 ta holatda reklama qonunchiligiga oid nomuvofiqlik aniqlangan bo‘lib, qonunbuzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatining “Taraqqiyot TV” telekanali orqali “Qomus qapsulalari” BFQ reklamasi chalg‘ituvchi va bo‘rttiruvchi iboralar bilan berilgan. Kanaldan mahsulot reklamasi olib tashlangan va teleradiokompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida “Jit Zdorovo” gazetasida chop etilgan “Neofleks” BFQ reklamasida ham qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. “PAKSTAMPA” MCHJga jarima belgilanib, mas’ullarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.
Namangan viloyati “Mahalla” telekanali orqali “Fito-Plyus” va “Gemorroid” mahsulotlari reklamasi bo‘rttiruvchi va chalg‘ituvchi iboralar asosida efirga uzatilgani aniqlangan. Hududiy boshqarmaning tegishli ko‘rsatmasiga ko‘ra BFQlarning yangi reklamasi efirga uzatilib, oldingi reklamaga raddiya berilgan.
Bundan tashqari, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari hududida ham turli Telegram-kanallari (“Sirdaryo moshina bozor”, “Gulistonliklar Rasmiy”, “Guliston Olx Sirdaryo”, “Samarqandliklar_Samarqand24”, “Samarqand100”, “Nurobod OLX” ) orqali BFQning (“Gemoroydan xalos etuvchi”, “Disaar”, “Stop diabet-No diabet”) qonunga zid reklamalari tarqatilgani aniqlangan. Qo‘mita kanal adminlariga tushuntirish va ogohlantirish berilgani va reklama materiallari kanallardan olib tashlanganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, biologik faol qo‘shimchalar kasalliklarni davolovchi vosita emas.