So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Goʻsht va sut, benzin va yoqilgʻi, elektr va tabiiy gaz yuqori darajada qimmatlamoqda
Oktyabr oyida narxlarida yuqori oʻsish qayd etilgan tovar va xizmatlar uchligi oʻzgarishsiz qolgan. Soʻralganlarning 51%i goʻsht va sut, 37%i benzin va yoqilgʻi, 35%i elektr va tabiiy gaz narxlari yuqori darajada oʻsganini qayd etishgan. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov yozdi.
Bakirovning qayd etishicha, boylar va daromadi kamlar ham inflyatsiyani bir-xil darajada his etishgan.
“Eng yuqori daromadga ega qatlamning sezgan inflyatsiyasi oʻtgan oydagi 15,4%dan 13,8%gacha tushirilgan boʻlsa, daromadga ega boʻlmaganlarning sezgan inflyatsiyasi 12,7%dan 13,8%gacha koʻtarilgan. Yaʼni, eng boylar va umuman daromadi yoʻqlar bir darajada inflyatsiya his etishgan.Eng yuqori sezilgan inflyatsiya Andijon viloyatida deb koʻrsatilgan (15,0%). Toshkent shahrida sezilgan inflyatsiya 15,4%dan 13,3%gacha tushirilgan” degan iqtisodchi.
Bakirov Markaziy bankning soʻrovnomalari hukumat istaklariga moslashishini juda xunuk ishora deb atagan
“Hududlar kesimida inflyatsiya boʻyicha javoblar taqsimoti ochiqlanmagan (solishtirganda savollar yanada koʻpayib ketmasligi uchun boʻlsa kerak). Inflyatsiya kutilmalari va sezilmalari boʻyicha oktyabr maʼlumotlaridan shunaqa tasavvur uygʻonadiki, soʻrovnoma natijalari jiddiy filtrlangan va qayta guruhlangan, ayniqsa Toshkent shahri boʻyicha. Markaziy bank soʻrovnomalarining ijro hokimiyati istaklariga moslashtirilishi va xizmat qila boshlashi juda xunuk ishora”, degan Otabek Bakirov.