So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonning 23 ta oliy taʼlim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi
Natijada Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari xalqaro doiralarda nufuzini oshirish orqali oʻz mavqeyini yaxshilamoqda. 6-noyabr kuni Oliy taʼlim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining oʻn oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025 eʼlon qildi.
Reyting natijalari Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining sezilarli darajada olgʻa siljigani bilan eʼtiborga molik. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga Oʻzbekistonning 23 ta oliy taʼlim muassasasi kiritilgan boʻlib, bu mamlakat oliy taʼlimi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Shulardan 11 ta OTM oʻz oʻrnini yaxshilagan, 2 ta OTM oʻz oʻrnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM oʻz oʻrnini yoʻqotgan. Yangi reyting natijalariga koʻra, Oʻzbekiston oʻz mavqeini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.
Maʼlumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy taʼlim muassasasini qamrab olgan boʻlib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.