So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Yil boshidan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi” – FVV is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi
2024 yil boshidan hozirgacha 32 tadan ko‘p is gazi chiqishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish holatlari bo‘yicha joriy yilning 7 noyabr kuni AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2022 yilda is gazi bilan bog‘liq bo‘lgan 84 ta holat 120 nafardan ko‘proq odamning o‘limiga olib keldi. 2023 yilda shu kabi 46 ta is gazi chiqishiga aloqador holat ro‘y berdi.
Tahlillarga ko‘ra, hududlarda is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda:
gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish va o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik;
gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanish;
havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to‘sib) qo‘yish shular jumlasidan.
Yong‘inlarning 40 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 24 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi, 10 foizi bolalar sho‘xligi oqibatida hamda boshqa sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan.
Aynan qish mavsumida o‘rtacha har 3 ta sodir bo‘lgan yong‘inning bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan va ayanchli oqibatlarga olib kelgan.
Vazirlik, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida quyidagilarga rioya qilishni so‘radi:
tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik;
elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega bo‘lgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalanish;
isitish pechlarining dudburonlarini tozalash;
isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik;
gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik;
gaz jihozlarini gaz ta’minoti idoralari mutaxassislaridan taftishdan o‘tkazish;
gaz uskunalarini tartib-qoida bilan ulash;
yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmaslik;
gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalanish.