So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi
Unga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tanloviga koʻra temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yoʻl yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.