So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy, BAAning jami 6 ta yirik kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma rivojlantirish shartnomasi imzolandi.
Shu hujjat doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro viloyatlarida 8 ta chiqindi yoqish zavodi qurilib, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi 1 ta chiqindi poligoni rekultivatsiya qilinadi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, xorijiy kompaniyalar ishtirokida qilinayotgan loyihalarning jami qiymati 1,278 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu asosida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodlar quriladi.
Yiliga 4,7 mln tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi, poligonlar soni besh barobarga qisqarishi, 97 mln dollarlik elektr energiyasi sotilishi aytilmoqda.
Shuningdek, 152 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinib, 2,4 mln tonna issiqxona gazlari (atrof-muhitga zarar yetkazuvchi zaharli gazlar) kamayishi, 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ta’kidlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihalar 2025-2027 yillarda amalga oshiriladi, qurilish jarayoni 2025 yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026 yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.



