So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda xotiniga bolta bilan qasddan og‘ir shikast yetkazgan shaxs qamoqdan ozod etilib, unga shartli jazo tayinlandi
Sud ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 7-qismi “j” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Biroq Jinoyat kodeksi 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanib, shartli hukm qilingan holda 2 yil sinov muddati belgilangan.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida xotiniga og‘ir tan jarohatlari yetkazgan shaxsga hukm chiqarilgan. Bu haqda Buxoro sudlari rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha,2024 yil 16 aprel kuni soat 20:00 larda 1987 yil G‘ijduvon tumani Oqrabot qishlog‘ida tug‘ilgan shaxs uyida turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qolgan va boltaning tig‘ qismi bilan xotinining bosh va orqa bel sohasiga qasddan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Sud ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 7-qismi “j” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Biroq ayblanuvchiga Jinoyat kodeksi 72-moddasi (shartli hukm qilish) qo‘llanib, shartli hukm qilingan holda 2 yil sinov muddati belgilangan.
Xabarda Sudya bunga asos qilib jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, ayblanuvchi qilmishiga pushaymonligini, jabrlanuvchi bilan yarashib, voyaga yetmagan to‘rt nafar farzandini tarbiyalab kelayotganini, oilada yagona boquvchiligini, qaramog‘ida qariya kasalmand onasi borligini, G‘ijduvon tumani “Oqrabot” MFYning kafolat xatini e’tiborga olgani aytiladi.